Butunjahon turizm tashkiloti (BMT Turizm) Bosh kotibi Shayxa Nosir Al Novays boshchiligidagi nufuzli delegatsiya a’zolari dastlab Shohi Zinda majmuasini ziyorat qildi. Shundan so‘ng Hunarmandlar markazida ustalar mahorati va milliy hunarmandchilikning jonli tarixi bilan tanishdi. Tashrifning eng yorqin lahzalaridan biri, shubhasiz, Registon maydonidagi kechki sayr bo‘ldi. Qorong‘i tushganda maydonning har bir toshida tarix nafas olgandek edi. Asriy asori atiqalar, o‘ymakorlik naqshlari va me’morchlik mahobati mehmonlarni hayratga soldi. Ammo kechaning asosiy mo‘jizasi — Lazer-shou va tungi chiroqlar ostida jonlangan Registon barchani bir so‘z bilan lol qoldirdi.
Delegatsiya a’zoari Boqiy shahardagi turistlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishar ekan, O‘zbekiston turizm salohiyatining keng qamrovli va puxta o‘ylanganligini alohida ta’kidlashdi.