“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari “Sharq taomlari” nomli gastronomik festivalda faol ishtirok etmoqda.
Mazkur festival milliy va sharqona oshxona an’analarini keng targ‘ib qilish, gastronomik turizmni rivojlantirish hamda yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda. Festival doirasida universitet talabalari o‘zlarining kasbiy bilim va mahoratini namoyish etib, mehmondo‘stlik, servis va gastronomiya yo‘nalishlarida muhim amaliy tajriba orttirmoqda.
Talabalarning ushbu nufuzli tadbirdagi faol ishtiroki ularning professional kompetensiyalarini yanada rivojlantirish, shuningdek, gastronomik turizmni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.