Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimizda xavfsiz muhitni ta’minlash borasida muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda

09.10.2026 1 daq o'qish 252

Universitetimizda xavfsiz muhitni ta’minlash borasida muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda

Oliy ta’lim tashkilotlarida jinoyatchilikning oldini olish, talabalar va xodimlar uchun xavfsiz muhitni yaratish hamda jamoat tartibini mustahkamlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda universitetimizda xavfsizlikni ta’minlash, mavjud nazorat tizimlarini takomillashtirish va favqulodda vaziyatlarda tezkor yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Xususan, universitet hududiga videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, ular hududdagi vaziyatni kuzatish, xavfsizlikni mustahkamlash hamda ehtimoliy huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Shuningdek, universitetga kirish joylarida turniket tizimi joriy etilgan. Ushbu tizim universitet hududiga kirib-chiqishni nazorat qilish bilan birga, talabalar davomati va ishtirokini hisobga olish hamda tegishli statistik ma’lumotlarni shakllantirish imkonini beradi. Bu esa ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va ichki tartib-qoidalarga rioya etilishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari, favqulodda vaziyatlarda tezkor yordam ko‘rsatish maqsadida universitet hududida SOS tugmalari o‘rnatilgan. Ushbu tugmalar orqali zarurat tug‘ilganda 1131 va 112 raqamlariga bevosita murojaat qilish imkoniyati yaratilgan. Mazkur tizim talaba va xodimlarning xavfsizligini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli holatlarga tezkor munosabat bildirish hamda yordam chaqirish jarayonini yengillashtirishga qaratilgan.

Xavfsiz universitet — sifatli ta’lim va samarali faoliyatning muhim garovidir. Shu bois bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish, barcha universitet a’zolarining xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Galereya

Ulashish: