Bugungi kunda ta’lim va boshqaruv jarayonlarida raqamli texnologiyalarning o‘rni tobora ortib bormoqda. Shu munosabat bilan universitetimiz Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi xodimlari tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun sun’iy intellekt sohasidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Seminarlarning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
• zamonaviy sun’iy intellekt tizimlarini o‘quv va ish jarayonlariga samarali integratsiya qilish;
• innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish;
• raqamli transformatsiya jarayonlarida faol ishtirok etishni ta’minlash.
Ushbu tashabbusdan asosiy maqsad – universitetning barcha professor-o‘qituvchilari va xodimlarini o‘z faoliyatlari doirasida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanishga yo‘naltirish hamda ularning raqamli kompetensiyalarini yanada mustahkamlashdan iborat.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar sun’iy intellekt vositalari bilan amaliy ishlash, ularni ta’lim jarayoniga va kundalik ish faoliyatiga integratsiya qilish bo‘yicha muhim ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqdalar.
Markaz mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan ushbu seminar barcha soha vakillarining faol ishtirokida davom etmoqda.