2026-yil 2-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi hamda universitet kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda “Eng yaxshi kreativ g‘oya” Respublika tanlovining universitet bosqichi uchun startap loyihalar taqdimoti tashkillashtirildi.
Tanlovda universitet bakalavr va magistratura bosqichi talabalari hamda ilmiy izlanuvchilari tomonidan yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishga, mavjud muammolarga noan’anaviy yechim topishga qaratilgan startap loyihalar va g‘oyalar taqdim etildi.
Tanlov oliy ta’lim tashkiloti talabalari uchun ularning ilm-fan rivoji, innovatsion loyihalar va texnologiyalar keng joriy etilishiga xizmat qiluvchi kreativ g‘oyalarini kelgusida startap loyiha sifatida amalga oshirishni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilmoqda.