25-aprel kuni Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi tomonidan tarjima va tarjimonlik sohasidagi iqtidorli bakalavriat talabalari bilimini aniqlash va 2025-yilgi Tarjima nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha ichki Olimpiada tashkil qilindi. Tanlovda universitet talabalar ishtirok etib o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Olimpiadaning birinchi va ikkinchi bosqichlarida test savollari, yozma topshiriq, og‘zaki tarjima, lug‘aviy atama kabi shartlarda ballar asosida g‘oliblar aniqlab olindi. Natijalarga ko‘ra:
Nozima Oblokulova-TTK 124- 1 o‘rin
Nurgul Ashurkulova -TTK 124-2 o‘rin
Anastasiya Shakirova-TTK 224-3 o‘rinlarga munosib deb topildi.
Olimpiada g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.