Bugun 26-mart kuni universitetda har haftaning Payshanba Yoshlar kuni munosabati bilan “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rektori Muhsinjon Xolmuxamedov barcha talabalarga muvaffaqiyat tilab, yoshlarni vatanparvarlik, jasurlik va sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga qaratilgan ushbu musobaqa muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Harbiy-sport musobaqasi davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, epchilligi namoyish etishdi.