logo
"Ipak yo'li"
turizm va madaniy
meros xalqaro universiteti
image

Ma’rifat darslari talabalarning ijtimoiy va man’aviy hayotdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda

Bugun, 30-mart kuni o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuv “O‘zbek madaniyati” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda universitet rektori Muhsinjon Xolmuxamedov ishtirok etib, 2-bosqich talabalari bilan mavzu yuzasidan ochiq muloqot olib bordi. Rektor bugungi kunda dunyoda ro‘y berayotayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, globallashuv sharoitida har bir millat va elat o‘zligini anglagan holda yagona jamiyat va ijobiy g‘oya atrofida birlashishi zarurligini ta’kidladi.

Muloqot davomida milliy o‘zlikni anglash mavzusiga alohida to‘xtalib, rektor yapon xalqining birlik, madaniyat va milliy qadriyatlarga sodiqligi tufayli erishgan ijtimoiy-iqtisodiy muvaffaqiyatlarini misol sifatida keltirdi. Shuningdek, Yangi O‘zbekistonda yoshlar, ayniqsa talabalar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va qulay shart-sharoitlarga ham alohida e’tibor qaratdi.

Dars yakunida rektor Muhsinjon Xolmuxamedov talabalarga zarur tavsiyalar berib, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish, bilim va madaniyatni egallashda tizimli bo‘lish zarurligi haqida o‘z maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi.


image
image
image
image
image
image