Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Talabamiz kurash bo‘yicha viloyat birinchiligida sovrindor bo‘ldi

28.09.2026 1 daq o'qish 291

Talabamiz kurash bo‘yicha viloyat birinchiligida sovrindor bo‘ldi

25-sentabr kuni Samarqand davlat pedagogika institutida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlab, Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 1-bosqich talabasi Xudoyqulova Sheyxa 52 kg vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, III o‘rinni egalladi.

Ushbu natija universitetimiz talabasining sportdagi iqtidorini namoyon etib, yoshlar o‘rtasida milliy sport turlarini rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Galereya

Ulashish: