Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Talabalarimizdan navbatdagi ilmiy yutuqlar

02.10.2026 1 daq o'qish 197

Talabalarimizdan navbatdagi ilmiy yutuqlar

Universitetimizda talabalarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning tadqiqotlarini keng jamoatchilikka yetkazish hamda ularning yutuqlarini muntazam yoritib borish maqsadida “Ilm bilan erishilgan yutuq” rukni tashkil etildi.

Bu rukn doirasida universitetimizning Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan ilmiy maqolalar yoritiladi.

Ikkinchi kurs talabamiz Joniqulova Madinaxon tomonidan "Samarkand - the heart of the Great Silk Road and jewel of tourism: a blend of ancient heritage and modern tourism" mavzusida ilmiy maqola tayyorlangan.

Maqolada Samarqand shahrining Buyuk Ipak yo‘lining muhim markazi sifatidagi tarixiy o‘rni, boy madaniy merosi va zamonaviy turizm markazi sifatida rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan. Shu bilan bir qatorda, tarixiy-me’moriy obidalar, milliy qadriyatlar va zamonaviy turizm infratuzilmasining o‘zaro uyg‘unligi hamda Samarqandning xalqaro turizm salohiyati yoritilgan.

Shuningdek, yana bir ikkinchi kurs talabamiz Raximov Ruslan tomonidan "The role of traditional uzbek cultural festivals in the development and sustainability of tourism” mavzusida ilmiy maqola tayyorlangan.

Tadqiqotda O‘zbekistonning an’anaviy madaniy festivallarining turizmni rivojlantirishdagi o‘rni, mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb etishdagi ahamiyati hamda barqaror turizmni ta’minlashga qo‘shadigan hissasi o‘rganilgan. Shuningdek, milliy madaniy merosni asrab-avaylash, hududlarning turistik jozibadorligini oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi jihatlar tahlil etilgan.

Mazkur ilmiy ishlar universitet talabalarining ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishi, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirayotgani va turizm sohasidagi dolzarb masalalarni ilmiy jihatdan o‘rganishga intilayotganini namoyon etadi.

Galereya

Ulashish: