Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Talaba-qizlar o‘rtasida tibbiy madaniyat va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi

28.09.2026 1 daq o'qish 219

Talaba-qizlar o‘rtasida tibbiy madaniyat va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi

Bugun universitetimizda talaba-qizlar o‘rtasida “Tibbiy madaniyatni oshirish” va “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish” mavzularida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda akusher-ginekolog U.M. Boboraximova va hamshira K.A. Mamatkulova ishtirok etib, talaba-qizlarga sog‘liqni saqlash va profilaktika bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar.

Tadbir davomida yurak-qon tomir salomatligi, serebrovaskulyar xavf omillarini kamaytirish, to‘g‘ri ovqatlanish, kamharakatlilikning oldini olish va muntazam jismoniy faollik kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Mavzularga oid videoroliklar namoyish etilib, mutaxassislar tomonidan tushuntirib berildi.

Shuningdek, infarkt va insultning dastlabki klinik alomatlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda shoshilinch vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida talaba-qizlar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, sog‘lom turmush tarzi va tibbiy profilaktikaga oid tavsiyalar oldilar.

Galereya

Ulashish: