Bugun, 26-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Zomin turizm va madaniy meros texnikumidan 43 nafar hamda Baxmal tumani 3-son texnikumidan 17 nafar talabaning tashrifi tashkil etildi.
Dastlab texnikum o‘quvchi-yoshlari universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Turizm sohasidagi laboratoriyalar, o‘quv auditoriyalari, lingafon xonalar, ingliz tilida olib borilayotgan dars jarayonlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, Zomin turizm va madaniy meros texnikumi hamda Baxmal tumani 3-son texnikumi o‘quvchi-yoshlari universitet rektori Muhsinjon Xolmuxamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan foydalangan holda, professional ta’limni a’lo baholarga bitirgan o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida qabul qilinishi, xususan texnikum o‘quvchilari ham ushbu imkoniyatdan oqilona foydalanib, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabasiga aylanishi mumkinligi aytildi.
Tashrif davomida mehmonlarga tushlikda osh tarqatilib, Samarqandning tarixiy va diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishtirildi.