Universitetimizning “Xalqaro biznes va kreativ iqtisodiyot” kafedrasi assistent-o‘qituvchisi M.Ismailova tomonidan BM-125 guruh talabalari “Makroiqtisodiyot” fanining “Yalpi talab va yalpi taklif” mavzusi doirasida “Mondelux” mebel ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurishdi.
Tashrifdan asosiy maqsad – nazariy bilimlarni real ishlab chiqarish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, iqtisodiy tahlil va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini amaliyotda mustahkamlash edi.
Mutaxassislar tomonidan talabalarga ishlab chiqarish bosqichlari, resurslardan samarali foydalanish, bo‘limlararo o‘zaro hamkorlik va mehnat intizomi kabi masalalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalar nafaqat texnologik jarayonlarni kuzatdi, balki faol ishtirok etib, savollar berishdi va jamoaviy ishning iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini joyida o‘rgandilar.
Ushbu tashrif “Makroiqtisodiyot” fanini amaliyot bilan bog‘lash, bitiruvchilarni mehnat bozorida talab qilinadigan ko‘nikmalar bilan ta’minlashga qaratilgan.