2026-yil 2-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi hamda “Xalqaro biznes va kreativ iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 23-fevraldagi 71-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Moliya” va “Soliq” fanlaridan universitet ichki olimpiadasi tashkil etildi.
Olimpiadaning asosiy maqsadi:
talabalar o‘rtasida iqtisodiy va moliyaviy savodxonlikni oshirish;
moliya-iqtisodiyot sohasida iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni aniqlash;
nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning intellektual salohiyatini oshirishdan iborat.