21.10.2026
1 daq o'qish
16
Samarqandda ona tiliga bag‘ishlangan tadbir: universitet professor-o‘qituvchilari Navoiy xotirasini yod etishdi
Bugun 21-oktabr kuni Samarqand shahridagi Markaziy istirohat bog‘ida o‘zbek tilining davlat tili maqomiga ega bo‘lganiga 37 yil to‘lishi hamda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda viloyat hokimligi mas’ullari, keng jamoat vakillari va oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari qatnashdi. Tadbir davomida ona tilimizning tarixiy ahamiyati, bugungi mavqei va uni asrab-avaylash masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi. Professor-o‘qituvchilar buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy merosiga chuqur hurmat-ehtiromlarini izhor etishdi.