"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida inson qadri, yoshlar fikri va ularning orzu-umidlari doimo birinchi o‘rinda. Shuning yorqin isboti sifatida universitet rektori Muhsinjon Xolmuxamedovning talabalar turar joyiga qilgan tashrifi talaba-yoshlar bilan uchrashuvdan boshlandi. Rektor nafaqat rahbar, balki do‘st, maslahatchi va samimiy suhbatdosh sifatida talabalar bilan uchrashib, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab muammolarini hal qilish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Tadbir ochiq muloqotdan gulxan atrofidagi kuy-qo‘shiqlarga, mushoiralarga ko‘chdi. Shuningdek rektor talabalar bilan aqlni peshlovchi shaxmat o‘ynab, talabalarning qaysi badiiy kitoblarni mutola qilayotganligi bilan qiziqdi.
Talaba-yoshlar o‘rtasida tashkil qilingan futbol o‘yinlari tashabbusning yanada voqeliklarga boy o‘tishiga xizmat qildi.