Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetda talaba-qizlar uchun “Muvaffaqiyat sari yo‘l” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

12.10.2026 1 daq o'qish 212

Universitetda talaba-qizlar uchun “Muvaffaqiyat sari yo‘l” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

7-oktabr kuni universitetda talaba-qizlar ishtirokida “Muvaffaqiyat sari yo‘l” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti direktori Nargizaxon Mansurova ham ishtirok etdi.

Davra suhbatining asosiy maqsadi talaba-qizlarning davlat fuqarolik xizmati, kasbiy rivojlanish va yetakchilik borasidagi bilim hamda tasavvurlarini kengaytirish, ularda aniq maqsadlar sari intilish, tashabbuskorlik va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Samimiy va mazmunli muloqot davomida muvaffaqiyatga erishishda aniq maqsad belgilash, muntazam ravishda o‘z ustida ishlash, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, tashabbuskorlik hamda qat’iyatning o‘rni haqida fikr almashildi.

Shuningdek, talaba-qizlarga o‘z salohiyatini to‘g‘ri anglash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, zamonaviy bilimlarni egallash va kelajakda o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishish yuzasidan tavsiya va maslahatlar berildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kasbiy va shaxsiy rivojlanish borasida foydali tavsiyalar bilan tanishdilar.

Galereya

Ulashish: