Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Ma’rifat ulashib”: universitetimizda taniqli adiblar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

07.10.2026 1 daq o'qish 225

“Ma’rifat ulashib”: universitetimizda taniqli adiblar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda adabiyotga bo‘lgan mehrini oshirish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida universitetimizda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston adabiyotining taniqli namoyandalari — Normurod Norqobilov, O‘roz Haydar va Azizbek Norov mehmon bo‘ldilar.

Tadbir davomida adiblar o‘zlarining ijod yo‘li, yozuvchilik faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, adabiyotning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni, shuningdek, bugungi yoshlarning jamiyatdagi roli haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Mehmonlarning hayotiy tajribalari hamda asarlarida ilgari surilgan insoniylik, mehr-oqibat va Vatanga sadoqat kabi g‘oyalar talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbirning muhim qismlaridan biri talabalar tomonidan tayyorlangan maxsus taqdimotlar bo‘ldi. Iqtidorli yoshlar adiblarning hayot yo‘li va boy ijodiy merosi haqida batafsil ma’lumot berib, mehmonlarning serqirra faoliyatini ishtirokchilarga yaqindan tanishtirdilar.

Shuningdek, talabalar adiblar asarlaridan sara parchalarni o‘zbek, ingliz, xitoy va yapon tillarida yoddan ijro etdilar.

Galereya

Ulashish: