Termiz davlat universitetida “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan va texnologiyalar hamda madaniy merosni muhofaza qilish” o‘quv kursining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu kurs Xitoy Shimoli-g‘arbiy universiteti, Termiz davlat universiteti va Termiz arxeologiya muzeyi tomonidan tashkil etildi. Ochilish marosimi 2026-yil 23-mart kuni Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet prorektori, prof. T.Zou “Meros turizmining tarixiy evolyutsiyasi va kelajakdagi tendensiyalari” mavzusida ma’ruza qildi. Professor Zou nutqida madaniy meros turizmining rivojlanish bosqichlari, hozirgi kundagi dolzarb masalalar va kelajak istiqbollariga to‘xtalib o‘tdi. Marosimda Termiz davlat universiteti rektori professor A.Toshqulov, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akadamigi, tadqiqotchi A.Asqarov, Ipak yo‘llari arxeologiyasi bo‘yicha hamkorlikdagi tadqiqot markazi direktori professor V.Jianxin, Xitoy Shimoli-g‘arbiy universiteti madaniy meros fakulteti dekani professor Ma Jian, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Antropologiya instituti direktori, tadqiqotchi F. Maqsudov so‘zga chiqdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Antropologiya instituti, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti va boshqa 9 ta oliy ta’lim muassasalaridan ishtirokchilar qatnashdi.