Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida giyohvandlik hamda narkojinoyatchilikning oldini olishga bag‘ishlangan profilaktik tadbir o‘tkazildi

28.09.2026 1 daq o'qish 221

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida giyohvandlik hamda narkojinoyatchilikning oldini olishga bag‘ishlangan profilaktik tadbir o‘tkazildi

28-sentyabr kuni universitetimizda “Giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish” mavzusida targ‘ibot va profilaktika uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda soha mutaxassislari, Samarqand viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi mas’ul xodimi, podpolkovnik O‘tkir Toirovich Gulyamov hamda Samarqand viloyat Narkologiya filiali shifokor-narkologi Gulchehra Mustafayevna ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishdi.

Muloqot davomida soha mutaxassislari giyohvandlik va psixotrop moddalarning inson salomatligiga, xususan, yoshlar kelajagiga ko‘rsatadigan salbiy oqibatlari, giyohvandlik vositalari hamda ularning analoglari noqonuniy muomalasi uchun qonunchilikda belgilangan jinoiy va ma’muriy javobgarlik choralari haqida atroflicha ma’lumot berib o‘tdilar.

Shuningdek, uchrashuvda yoshlarni turli zararli odatlar va tarmoqlardagi noqonuniy xatti-harakatlardan ogoh bo‘lishga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarziga qat’iy rioya qilishga chaqirildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.

Galereya

Ulashish: