Samarqand viloyati A.S. Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazida yoshlar o‘rtasida mantiqiy fikrlash va tezkorlikni sinovdan o‘tkazuvchi “Zakovat” intellektual shousi bo‘lib o‘tdi. Unda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur nufuzli intellektual turnirda universitet sharafini universitet kutubxona bo‘limi boshlig‘i Nurali Sidiqov boshchiligidagi “Genius” jamoasi himoya qildi.
Bellashuv davomida universitetimizning iqtidorli talabalari o‘zining zukkoligi, teran fikrlashi hamda faolligi bilan ajralib turdi. Murosasiz va qiziqarli kechgan o‘yin yakunlariga ko‘ra, “Genius” jamoasi barcha raqiblar orasida yuqori salohiyatini namoyon etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.
G‘oliblar axborot-kutubxona markazi direktori Z. Shodiyeva tomonidan maxsus esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.