Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Prezidentimizning PQ-60-son qarori ijrosini ta’minlash yo‘lida

14.04.2025 1 daq o'qish 46

Prezidentimizning PQ-60-son qarori ijrosini ta’minlash yo‘lida

Joriy yilning 11-12 aprel kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan “Ohalik-Oqbo‘yro-Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi hududida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun Samarqand tuman hokimligida universitet tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturiga muvofiq “Xizmatlar sifati va narx siyosati” va “Mijozlar talabini qondirishda rejalashtirish turlari” mavzusida 6 soatlik maxsus o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda tuman hokimi Sirojiddin Usmanov turistik-rekreatsion zona hududida joylashgan hudud mahallalari raislari, hokim yordamchilari va tadbirkorlardan iborat jami 24 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Seminarlar universitet Turizm kafedrasining yuqori malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun: Ishtirokchilarga o‘quv dasturiga muvofiq 78 soatga mo‘ljallangan jami 13 ta o‘quv seminarlari tashkil etiladi.

Galereya

Ulashish: