Joriy yilning 25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi Xalqaro hamkorlik va protokol boshqarmasi boshlig‘i Sardorbek Samaridinov ishtirokida universitetimizda bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv samimiy va ochiq muhitda kechdi. Tadbir davomida mehmon tomonidan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlar, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan stipendiya dasturlari, tanlovlarning ochiq saralash jarayonlari hamda ariza topshirish muddatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Talabalar o‘z navbatida jamg‘arma faoliyati, xorijda ta’lim olish imkoniyatlari va tanlovlarda ishtirok etish tartibi yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga aniq va to‘liq javoblar oldilar.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning ilm-fan va ta’lim sohasidagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni davlat dasturlari va imkoniyatlardan xabardor qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.