Universitetda ta’lim jarayonini boyitish va talabalar uchun yanada samarali o‘quv muhitini yaratish maqsadida AQSH hamda Xitoy Xalq Respublikasidan volontyor o‘qituvchilar jalb etildi. Ular mahalliy professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda dars mashg‘ulotlarini olib borib, o‘quv jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribani tatbiq etmoqda.
Mazkur tashabbus talabalarning ingliz va xitoy tillarini nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham chuqur o‘zlashtirishiga xizmat qilmoqda. Natijada, talabalar xorijiy tillarda erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirib, global ta’lim maydonida raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllanmoqda.
Volontyor o‘qituvchilarning jalb etilishi nafaqat til o‘rganish jarayonini jonlantiradi, balki talabalarga turli madaniyatlar, mentalitet va ta’lim tizimlarini yaqindan bilish imkoniyatini ham yaratmoqda. Bu esa o‘z navbatida ularning dunyoqarashini kengaytirib, kelgusidagi kasbiy faoliyatida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.