Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

18-oktabr — Samarqand kuni universitetimizda ko'tarinki ruhda nishonlandi

16.10.2026 1 daq o'qish 282

18-oktabr — Samarqand kuni universitetimizda ko'tarinki ruhda nishonlandi

Bugun, universitetimizda 18-oktabr — Samarqand kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida Samarqand shahrining boy tarixi, betakror me’moriy obidalari, milliy qadriyatlari va jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, qadimiy va hamisha navqiron Samarqandning bugungi taraqqiyoti, uning o‘ziga xos madaniy merosi haqida alohida to'xtalib o'tildi.

Talabalar tomonidan ijro etilgan milliy raqslar, Amir Temur davriga oid tarixiy sahna ko‘rinishlari hamda Samarqandning boy tarixi va betakror go‘zalligini tarannum etuvchi she’rlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Tarixiy sahna ko‘rinishlari orqali buyuk Sohibqiron Amir Temur davrining shonli sahifalari jonlantirildi.

Tadbir ishtirokchilarda Samarqandning boy tarixiy merosiga hurmat, milliy qadriyatlarimizga sadoqat va azim shahrimiz bilan faxrlanish tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi.

Galereya

Ulashish: