“Eng yaxshi kreativ g‘oya” Respublika tanlovining universitet bosqichi uchun o‘z startap loyihalarini yuborganlar diqqatiga. Loyihalar taqdimoti 2026-yilning
2-aprel kuni soat 11:30da 119-xonada o‘tkaziladi. Tanlovda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishga, mavjud muammolarga noan’anaviy yechim topishga qaratilgan startap loyihalar va g‘oyalar bilan qatnashish mumkin bo‘ladi. Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari 300 million soʻmgacha grant olish imkoniga ega bo‘ladilar.
Moderator: Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi
O‘tkazilish joyi: 119-xona
Vaqti: 2026-yil 2-aprel (payshanba), soat 11:30
Qo‘shimcha ma’lumotlar: +998 66 240 67 85 ; https://t.me/n_xoliqov