Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining 59-yillik anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida sammitda ishtirok etish istagini bildirgan gid-tarjimonlar hamda viloyatdagi mehmonxona xodimlari uchun o‘quv-seminar tashkil etiladi.
Mazkur o‘quv-seminar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘lib o‘tadi hamda seminar yakunida barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.
O‘quv-seminar sanasi va vaqti bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot keyinroq beriladi.
Manzil:
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
O‘quv-seminarda qatnashishni istagan gid-tarjimonlar va mehmonxona xodimlari quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi:
Shuningdek, malaka oshirish kurslarida faol ishtirok etgan tajribali gid-hamrohlar tadbirga jalb qilish maqsadida obyektlar kesimida ularning ro‘yxati shakllantiriladi.