2026-yil 30-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Ilmiy ishlar bo‘limi hamda “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi tomonidan “Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi globallashuv jarayonlarining yoshlar ma’naviyatiga ta’sirini ilmiy tahlil qilish hamda milliy qadriyatlarni asrash va rivojlantirish yo‘llarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Konferensiyada Xalqaro munosabatlar hamda Yapon tili yo‘nalishlari talabalari faol ishtirok etib, mazmunli va qiziqarli ma’ruzalar bilan chiqish qildilar. Shuningdek, mehmon ma’ruzachi — xalqaro munosabatlar bo‘yicha doktorant, tarjimon va O‘zbekiston–Janubiy Koreya diplomatik aloqalari bo‘yicha tadqiqotchi F.Madiyev o‘zining qiziqarli ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Muhokamalar jonli va samarali tarzda o‘tdi, ishtirokchilar esa foydali bilim va tajribaga ega bo‘ldilar. Konferensiya yakunida faol qatnashchilar sertifikatlar va kitoblar bilan taqdirlandilar.