Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Talaba EXPO–2026” doirasida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti tashkil etildi

03.07.2026 1 daq o'qish 80

“Talaba EXPO–2026” doirasida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti tashkil etildi

Bugun, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “O‘zmilliybank” AJ huzuridagi “Kelajakka qadam” markazi direktori E.Hoshimov va Oliy ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i F.Axrorov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda talabalar va bitiruvchi yoshlar bilan bandlikni ta’minlash, mehnat bozoriga tayyorlash, tadbirkorlikni rag‘batlantirish hamda startap va biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Yosh tadbirkorlarga o‘z g‘oyalarini biznesga aylantirishda yordam beruvchi davlat dasturlari va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot yakunida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash borasida faol ish olib borayotgan oliy ta’lim muassasalari vakillari e’tirof etilib, ularga vaucherlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, tashkilotchilar tomonidan “Ipak yo‘li” universiteti huzuridagi “Kelajakka qadam” markazining amaliy faoliyati yuqori baholanib, oliygoh rektoriga Tashakkurnoma taqdim qilindi.

Galereya

Ulashish: