N.Abduvaxidova 9-may Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanayotganligi mohiyati xususida gapirib, bugungi kunda yurtimizdagi islohatlar inson va uning manfaatlari uchun xizmat qilishi lozimligini ta’kidladi. Yangi O'zbekistonda inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati ulug'lanish bilan birga, o‘tganlar ham doimiy ravishda xotirlanishi aytildi.
Shuningdek “Ma’rifat soati”da Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlaridan biri ekanligi va urush yillaridagi ota-bobolarimizning zahmatli mehnati, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi butun xalqning birdamligi va jipsligini namoyon qilganligi aytildi.