E’LON
Universitetimiz Tillar va global tadqiqotlar kafedrasiga xalqaro munosabatlar professori sifatida Professor Volkan Özdemir qo‘shilganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.
Professor Volkan Özdemir bakalavr darajasini Turkiyadagi Yaqin Sharq texnika universitetida (Middle East Technical University), magistr darajasini Shvetsiyadagi Uppsala universitetida va PhD darajasini Rossiyadagi MGIMO universitetida olgan.
Ko‘p yillik pedagogik tajribaga ega professor Özdemir turk, ingliz va rus tillarida chop etilgan ko‘plab ilmiy nashrlari orqali akademik soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Professor Özdemirning universitetimiz akademik jamoasiga qo‘shilganidan mamnunmiz. U kishining ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, shuningdek, xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish borasidagi hissasini intiqlik bilan kutib qolamiz.