12.10.2026
E’LON
PhD dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi
2026-yil 13-oktabr kuni soat 19:30 da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarda universitet mustaqil izlanuvchisi Umurzakova Dilnoza Egamberdiyevnaning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “To‘siqsiz turizm infratuzilmasini tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
📍 Manzil: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, UN Tourism tematik ofisi (Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy).