Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

YOSHLAR ONGIGA HALOLLIK QADRIYATLARINI SINGDIRISHGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR TASHKIL ETILDI

13.10.2026 1 daq o'qish 176

YOSHLAR ONGIGA HALOLLIK QADRIYATLARINI SINGDIRISHGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR TASHKIL ETILDI

📌 Universitetda 13-oktabr kuni “Halollik haftaligi” doirasida talaba-yoshlar ishtirokida “Yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish” mavzusida seminar tashkil etildi.

🔹 Seminar davomida halollik, vijdonlilik, adolat va mas’uliyat kabi yuksak insoniy qadriyatlarning shaxs kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, korrupsiyaning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, unga qarshi kurashishda yoshlarning faol ishtiroki va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Tadbirda talabalarning huquqiy ongi va bilimlarini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida ta’lim olish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

✅ Seminarning asosiy maqsadi — yoshlar qalbida halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda jamiyatda yuksak ma’naviy qadriyatlarga asoslangan muhitni qaror toptirishga hissa qo‘shishdan iborat.

Galereya

Ulashish: