30.09.2026
1 daq o'qish
165
Xorijiy talabalar o'rtasida o'zbek tili olimpiadasi o'tkazildi
30-sentabr kuni universitetimizda xorijiy talabalar o'rtasida o'zbek tili olimpiadasi bo’lib o’tdi.
Olimpiadada Ozarbayjon, Qirg’iziston, Tojikiston, Xitoy va Rossiyadan kelgan jami 15 nafar xorijiy talaba ishtirok etdi.
Mazkur tadbir xorijiy talabalarning o'zbek tiliga bo'lgan giziqishini oshirish, ularning til ko’nikmalarini rivojlantirish, O'zbekiston madaniyati va an'analari bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, turli mamlakatlardan kelgan talabalar o'rtasida madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.