Xalqaro akkreditatsiya masalalari muhokama qilindi
Bugun, universitetimizda AMBA & BGA tashkilotlari Biznesni rivojlantirish bo‘limi rahbari Richard Turner bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
AMBA va BGA — biznes va menejment ta’limi sifatini xalqaro standartlar asosida baholash, ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish hamda biznes maktablarining barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro tashkilotlardir.
Uchrashuv davomida universitetda MBA, menejment va biznesni boshqarish yo‘nalishlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro akkreditatsiya jarayonining asosiy talablari, belgilangan mezonlar hamda uni amalga oshirish bosqichlari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur uchrashuv universitetning ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, biznes va menejment yo‘nalishlaridagi ta’lim dasturlarining raqobatbardoshligini oshirish hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.