Samarqand viloyat musiqali drama teatrida “Qirol uchun yangi libos” spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur spektaklga 1-bosqich talabalari tyutor Sh. Zayniddinova boshchiligida tashrif buyurdilar.
Spektakl tomoshabinlarda o‘zining chuqur mazmuni, qiziqarli syujeti hamda aktyorlarning yuksak mahorati bilan katta taassurot qoldirdi. Sahna bezaklari, liboslar va musiqiy hamrohlikning uyg‘unligi asarga yanada joziba bag‘ishladi.
Tomosha davomida talabalar nafaqat zavq oldilar, balki asar orqali berilgan hayotiy saboqlar ustida ham chuqur mushohada yuritdilar.
Mazkur spektakl yoshlarning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning estetik didini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etildi.