Joriy yilning 27-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tyutori P. Islomov tashabbusi bilan 2-bosqich talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi.
Talabalarimiz Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurib, yurtimiz tarixining og‘ir, ammo saboqli sahifalari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida jadid bobolarimizning Vatan ravnaqi, millat taraqqiyoti va xalq ma’rifati yo‘lida olib borgan fidokorona faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ularning ilm-fan, ta’lim va islohotlar yo‘lidagi sa’y-harakatlari yoshlarimiz uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Talabalar muzey eksponatlari orqali o‘sha davr muhitini his qilib, qatag‘on qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.
Bunday tashriflar yoshlarimiz qalbida tarixga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat hamda Vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Kelajak avlod — o‘z tarixini bilgan, undan to‘g‘ri xulosa chiqara olgan yoshlar qo‘lida!