USTOZ VA MURABBIYLAR — QALBLARGA YO‘L KO‘RSATUVCHI BUYUK ZOTLAR
Bugun Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, ustoz va murabbiylar hamda talabalar ishtirok etdi. Bayram dasturi davomida ustozlarning mashaqqatli va sharafli mehnati, yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi beqiyos o‘rni, ularning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi.
Tadbir davomida ustozlarga samimiy tilaklar bildirilib, ularning sharafli kasbiga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtirom ifoda etildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, she’rlar va badiiy chiqishlar bayramga o‘zgacha fayz va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Ustoz — ilmga boshlovchi, ma’rifatga yo‘llovchi, qalblarga ezgulik urug‘ini qadovchi buyuk insondir. Zero, har bir yutuq va muvaffaqiyat zamirida bizga bilim va tarbiya bergan, hayot yo‘limizni yoritgan ustozlarning beqiyos mehnati mujassam.
Bayram tadbiri ustoz va murabbiylarga bildirilgan samimiy minnatdorlik, ezgu tilaklar va ko‘tarinki kayfiyat bilan yakunlandi.
Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar va shogirdlaringiz kamolini ko‘rish baxtini tilaymiz!