Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimiz volontyor talabalarining xalqaro tadbirni tashkil etishdagi hissasi Konstitutsiyaviy sud raisi tomonidan e’tirof etildi

15.10.2026 1 daq o'qish 160

Universitetimiz volontyor talabalarining xalqaro tadbirni tashkil etishdagi hissasi Konstitutsiyaviy sud raisi tomonidan e’tirof etildi

2026-yil 1–2-oktabr kunlari Samarqand shahrida Osiyo konstitutsiyaviy sudlari va ekvivalent institutlari assotsiatsiyasining “Raqamlashtirish va sun’iy intellekt sharoitida konstitutsiyaviy odil sudlov” mavzusiga bag‘ishlangan VII Kongressi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Dunyoning 30 ga yaqin davlatidan nufuzli mehmonlar, Konstitutsiyaviy va Oliy sudlar rahbarlarini birlashtirgan mazkur xalqaro anjumanda universitetimizning iqtidorli talabalari volontyor sifatida faol ishtirok etdilar.

Volontyorlarimiz xorijiy ishtirokchilarni munosib kutib olish, ularga hamrohlik qilish, tashkiliy masalalarni hal etish hamda tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali o‘tishini ta’minlashda yaqindan ko‘maklashdilar. Ularning mas’uliyatli yondashuvi, xushmuomalaligi, yuksak muomala madaniyati va jamoaviy ishlash qobiliyati xalqaro tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Universitetimiz jamoasi va fidoyi volontyor talabalarimizning Kongressni yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazishga qo‘shgan munosib hissasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi M. Abdusalomov tomonidan yuborilgan maxsus tashakkurnoma bilan e’tirof etildi.

Mazkur e’tirof talabalarimizning professional salohiyati, tashabbuskorligi va xalqaro miqyosdagi tadbirlarda munosib ishtirok etish qobiliyatining yorqin ifodasidir.

Ulashish: