Universitetimiz talaba-qizlari “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovida sovrinli o‘rinlarni egalladi
Samarqand viloyatida “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” respublika innovatsion tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov talaba-qizlarning axborot texnologiyalari, robototexnika va innovatsiyalar sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning kreativ g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishidagi tashabbuslarini rag‘batlantirishga qaratilgan.
Tanlovning hududiy bosqichi Samarqand davlat universitetida tashkil etilib, universitetimiz talaba-qizlari ham faol ishtirok etdilar.
Universitetimiz vakillari tanlov yakunlariga ko‘ra quyidagi natijalarni qayd etdilar:
1-o‘rin — 1 nafar talaba-qiz;
2-o‘rin — 1 nafar talaba-qiz;
3-o‘rin — 2 nafar talaba-qiz.
Shunday qilib, universitetimizning jami 4 nafar talaba-qizi tanlovning hududiy bosqichida sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Ushbu natijalar universitetda talaba-yoshlarning, xususan, talaba-qizlarning IT, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishlaridagi bilim va salohiyatini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tiborning amaliy ifodasidir.