Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimiz professor-o‘qituvchilari Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining ekspertlar reyestriga kiritildi

05.10.2026 1 daq o'qish 238

Universitetimiz professor-o‘qituvchilari Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining ekspertlar reyestriga kiritildi

Universitetimizda ilmiy-pedagogik salohiyatni yuksaltirish, ta’lim sifatini ta’minlash hamda professor-o‘qituvchilarning ekspertlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Universitetimiz malakali professor-o‘qituvchilari va rahbar kadrlari xalqaro darajadagi ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlarida faol ishtirok etib, zamonaviy ta’lim standartlari va ilg‘or ilmiy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etib kelmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi faoliyatning muhim natijalaridan biri — universitetning ikki nafar mutaxassisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining ekspertlar reyestridan munosib o‘rin egalladi.

Xalqaro biznes va kreativ iqtisodiyot kafedrasi mudiri Raximova Nilufar Aminovna biznes va boshqaruv ta’lim sohasi bo‘yicha oliy ta’lim hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim yo‘nalishlarida ekspert sifatida ekspertlar reyestriga kiritilgan.

Shuningdek, “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti direktori, Turizm kafedrasi professori Mansurova Nargiza Shamsiddinovna xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim yo‘nalishlarida ekspertlar reyestridan o‘rin egallagan.

Mazkur e’tirof universitetning ilmiy-pedagogik salohiyati, professor-o‘qituvchilarining kasbiy va ekspertlik kompetensiyalari hamda ta’lim sifatini ta’minlash borasidagi faoliyatining muhim ko‘rsatkichidir.

Galereya

Ulashish: