Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitet rektori va talabalar ota-onalari o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi

16.10.2026 1 daq o'qish 147

Universitet rektori va talabalar ota-onalari o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi

Bugun, universitetimiz rektori hamda talabalar ota-onalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Rektor so‘zga chiqib, universitetdagi ta’lim-tarbiya jarayonlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularning xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va farzandlari duch kelayotgan muammo va qiyinchiliklarni ochiq bayon etdilar. Rektor bildirilgan murojaatlarni tinglab, savollarga javob berdi hamda ko‘tarilgan muammolarga yechim topish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Shuningdek, ota-onalarga universitetda faoliyat yurituvchi “Rektorga murojaat” boti orqali ham murojaat qilish imkoniyati mavjudligi ma’lum qilindi.

Mazkur uchrashuv talabalar ta’limi, xavfsizligi va farovonligi yo‘lida universitet hamda ota-onalar hamkorligini mustahkamlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlashga qaratildi.

Galereya

Ulashish: