“Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostidagi tadbirning ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov va hukumat darajasidagi rahbarlar so‘zga chiqib yoshlar o‘rtasidagi sport o‘yinlarining ahamiyati xususida gapirishdi. Shundan so‘ng barcha rahbarlar ishtirokida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostidagi sport oyligiga start berish marosimi ramziy tarzda o‘tkazildi.
Bugundan sport tadbirlarining birinchi bosqichi respublikadagi xususan Samarqanddagi barcha oliy ta’lim muassasalarida, texnikumlarda boshlandi.