Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bitiruvchi bosqich talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi boʻlib oʻtdi.

16.06.2025 1 daq o'qish 25

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bitiruvchi bosqich talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi boʻlib oʻtdi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2024/2025-o‘quv yilining yakuniy bosqichida Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha), Menejment (turizm biznesini boshqarish), Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati va Amaliy tillar yo‘nalishlarda tahsil olayotgan 4-bosqich talabalarining bitiruv malakaviy ishlari muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Himoyalar hamkor tashkilotlarning tajribali mutaxassislari, universitetning tegishli kafedralari, tajribali professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislaridan iborat komissiya ishtirokida o‘tkazildi. Talabalar tomonidan taqdim etilgan ilmiy-amaliy ishlar turizmning zamonaviy yondashuvlar asosida targ‘ib etish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, xizmatlar sifatini oshirish, xalqaro marketing kabi dolzarb mavzularni o‘z ichiga oladi.

Galereya

Ulashish: