Tanishtiruv haftaligi: "Tillar va global tadqiqotlar" kafedrasi taqdimoti
Tanishtiruv haftaligi doirasida "Tillar va global tadqiqotlar" kafedrasi tomonidan 2026-yil 9-sentabr kuni “Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili” hamda “Xalqaro munosabatlar” ta’lim yo‘nalishlarining 1-kurs talabalari uchun tanishtiruv taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimot davomida talabalarga "Tillar va global tadqiqotlar" kafedrasining faoliyati, kelajak rejalari, ta’lim dasturlari, professor-o‘qituvchilarning malaka va tajribasi, shuningdek, talabalarning akademik va kasbiy rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbirda kafedraning xorijiy tillarni o‘rganish, madaniyatlararo muloqot va tushunishni rivojlantirish hamda global tadqiqotlarni uyg‘unlashtirgan ko‘p tarmoqli ta’limni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan faoliyati alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, talabalarga kafedra tomonidan tashkil etiladigan darsdan tashqari faoliyatlar, jumladan, til to‘garaklari, “I Succeed” seminar-treninglari, ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ilmiy maqola va boshqa ilmiy ishlarni nashr etish imkoniyatlari haqida foydali ma’lumotlar taqdim etildi.
Taqdimot yakunida talabalar kafedra faoliyati, ta’lim jarayoni va kelgusidagi akademik hamda ilmiy imkoniyatlar haqida zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.