Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Ta’limda nazariya va amaliyot uyg‘unligi: navbatdagi manzil — “AMANAT” mehmonxonasi

12.10.2026 1 daq o'qish 217

Ta’limda nazariya va amaliyot uyg‘unligi: navbatdagi manzil — “AMANAT” mehmonxonasi

2026-yil 7-oktabr kuni universitetimizning kechki ta’lim shakli TH-126N guruhi talabalari uchun Samarqand shahrida joylashgan “AMANAT” mehmonxonasiga tanishuv ekskursiyasi tashkil etildi.

Ekskursiya davomida talabalar mehmonxonaning restoran faoliyati, xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda boshqa bo‘limlar ishi bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu tashrif ularga mehmonxona faoliyatining o‘ziga xos jihatlarini amaliy jarayonda kuzatish, soha bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash va kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan tajribalarni o‘rganish imkonini berdi.

Bunday amaliy mashg‘ulotlar talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, soha faoliyatiga oid bilimlarini kengaytirish hamda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Universitetimizda ta’lim sifatini oshirish, talabalarni amaliy tajriba bilan boyitish va ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorlashga qaratilgan tashabbuslar izchil davom etmoqda.

Galereya

Ulashish: