16.10.2026
1 daq o'qish
149
Talabamiz xalqaro matematika tanlovining saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi!
Universitetimizning 2-bosqich talabasi Abdutolib Mamasiddiqov xalqaro miqyosdagi International Youth Math Challenge matematika tanlovining 2026-yilgi saralash bosqichida ishtirok etdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, talabamiz faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
Mazkur xalqaro tanlov yoshlarning matematika faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mantiqiy va analitik fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda bilimlarini xalqaro miqyosda sinovdan o‘tkazish uchun muhim imkoniyat yaratadi.