Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Talabalar uchun startap va ilmiy loyihalar imkoniyatlariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

15.10.2026 1 daq o'qish 84

Talabalar uchun startap va ilmiy loyihalar imkoniyatlariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun universitetimizda bakalavriat talabalari uchun startap va ilmiy loyihalar imkoniyatlariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi, universitet bitiruvchisi Sabina Mustafaqulova talabalarga startap tanlovlari, nomdor davlat stipendiyalari hamda xorijiy magistratura dasturlari doirasidagi stipendiya imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, talabalarning ilmiy faoliyatini rivojlantirish, muvaffaqiyatli portfolio shakllantirish va turli tanlovlarda ishtirok etish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Uchrashuvda yoshlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida talabalar turizm va madaniy meros sohalaridagi dolzarb muammolarga innovatsion yechimlar ishlab chiqish, o‘z ilmiy g‘oya va startap loyihalarini rivojlantirish hamda turli tanlovlarda faol ishtirok etishga undaldi.

Galereya

Ulashish: