“Talaba, yugur!” — universitet yoshlari ommaviy marafonda ishtirok etdilar
Bugun, universitetimiz talabalari “Talaba, yugur!” ommaviy yugurish marafonida faol ishtirok etdilar.
Mazkur sport tadbiri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratildi.
Marafon davomida universitet talabalari o‘zlarining shijoati va qat’iyatini namoyon etdilar. Ishtirokchilar yugurish orqali jismoniy chidamliliklarini sinovdan o‘tkazish bilan birga, o‘zaro do‘stlik, birdamlik va jamoaviy ruhni ham mustahkamladilar.
Universitetda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarziga amal qilishi hamda jismonan baquvvat va ma’nan yetuk shaxslar sifatida kamol topishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu kabi tashabbuslar talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, hamjihatlikni mustahkamlash va sportni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirishga xizmat qiladi.