Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Talaba-yoshlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi

13.10.2026 1 daq o'qish 178

Talaba-yoshlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi

Universitetda 13-oktabr kuni faol talaba-yoshlar ishtirokida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Prezident tashabbuslari hamda ushbu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida korrupsiyaning oldini olish, ta’lim tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, talaba-yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, “Aksilkorrupsiya volontyorlari” bilan hamkorlikda universitetda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, mavjud muammolarni aniqlash, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda talaba-yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Ulashish: